Jamiyat | 17:44 / 20.04.2019
31835
2 daqiqa o‘qiladi

«Qur'oni karim – Mushafi sharif»ning navbatdagi nashri sotuvga chiqdi

Bugun, 20 aprel kuni «Hilol-nashr» nashriyot-matbaasi tomonidan «Qur'oni karim – Mushafi sharif»ning navbatdagi nashri sotuvga chiqarildi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Erta tongdan «Hilol-nashr» do‘koni yana odamlar bilan gavjum. Do‘kon oldida jonli navbat tashkil qilingan bo‘lib, barcha gali kelganda xaridga kiritilmoqda. Tartibga ko‘ra, bir kishi faqat bir dona kitob sotib olishi mumkin. Jonli navbat tashkil qilishdan asosiy maqsad muqaddas kitobni iloji boricha barchaga yetkazish hamda kitoblar «tadbirkorlar» qo‘liga chiqib, narxlar oshib ketishining oldini olish hisoblanadi.

Kitob sotib olish uchun kelganlar orasida barcha yoshdagi insonlarni ko‘rish mumkin. Ayniqsa, ulug‘ yoshdagi onaxonlarimiz bundan judayam xursand. Xaridorlar soni juda ko‘p, ammo navbat kutib turganlar orasida norozilik bildirayotganlar yo‘q. Barcha nashr qilingan kitob nashriyot do‘konlari, shuningdek, hududlardagi hamkor kitob do‘konlariga ham belgilangan yagona narx – 31 ming so‘mdan sotish sharti bilan tarqatilgan.

Kitob 20 ming nusxada chiqarilgan bo‘lib, nashrning viloyatdagi filiallariga ham yetkazilgan.

 Qur'on kirib borgan, o‘qiladigan har bir xonadonga, har bir qalbga Alloh taoloning rahmati va fayz-barakoti yog‘ilib turadi. Alloh taolo Mushafi sharifning navbatdagi adadini barcha yurtdoshlarimizga muborak qilsin!

Mavzuga oid