Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi bir necha yilga Afrikaga jo‘natilishi mumkin
Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl ilk farzandlari tug‘ilgach, Afrikaga ko‘chib o‘tishlari mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Bukingem saroyi ularni 2-3 yilga xorijga jo‘natishi mumkin. Ular u yerda xayriya ishlari va Britaniyani “ilgari surish” bilan shug‘ullanishadi. Ta'kidlanishicha, muhokama boshlang‘ich bosqichida turibdi.
Saroyda Garrining akasi shahzoda Uilyam qirol bo‘lish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgani sababli unga maxsus rol topishga harakat qilishmoqda. Bundan tashqari, juftlikning olisroqqa ketishi ularni qirollik oilasidagi mojarolardan xalos qilishi mumkin: gap shundaki, Garri va Marklning Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middlton bilan munosabatlari yomonlashgani haqida gaplar urchigan.
Ta'kidlanishicha, Garri va uning rafiqasi qayerda yashashlari bo‘yicha qaror 2020 yildan oldin qabul qilinmaydi. Ular ko‘chib o‘tadigan davlatlar orasida Lesoto, Botsvana, Malavi va JAR bor. Bukingem saroyi juftlikning xorijda yashashi va xavfsizligini moliyalashtirishni hukumat bilan muhokama qilib oladi.
Ayni vaqtda Megan Markl homilador bo‘lib, yaqin orada ko‘zi yorishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:40 / 14.12.2024
Litiyga talab oshgani ortidan Nigeriyadagi konlarda bolalar mehnatidan foydalanilmoqda
17:18 / 28.11.2024
Osmondagi qirollik. Dengiz sathidan 1400 metr balandda joylashgan yagona davlat haqida nimalar ma’lum?
14:08 / 05.11.2024
Sahroi Kabirni ko‘kalamzorlashtirish Yer iqlimiga qanday ta’sir qiladi?
14:30 / 21.10.2024