Jahon | 19:40 / 24.04.2019
6503
2 daqiqa o‘qiladi

Bosniya politsiyasi migrantlarni qafaslarda saqlagani ma'lum bo‘ldi  

Bosniya politsiyasi qafaslarga o‘xshash kameralarda saqlangan migrantlar videosi e'lon qilingandan keyin ularga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganini rad etdi. Politsiyada ta'kidlanishicha, bu qafaslar Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida qurilgan hamda noqonuniy migrantlarni vaqtinchalik saqlash bloklari hisoblanadi.

Migrantlarning farzandlari bilan kichik kameralarda saqlangani videosini Are You Syrious xayriya tashkiloti e'lon qilgan. 

Videoda bir-biridan sim to‘r bilan ajratilgan kichik kameralardagi odamlarni ko‘rish mumkin. Ta'kidlanishicha, video migrantlardan biri tomonidan jo‘natilgan. Xayriya tashkiloti videodagi migrantlar iroqliklar ekani, ular orasida 5 bola, jumladan 3 yoshli bola bo‘lganini ma'lum qilgan.   

Politsiyaning ta'kidlashicha, videodagi obekt chegaradagi Klobuk punktida joylashgan bo‘lib, unda Chernogoriyadan kirgan va deportatsiya qilinishini kutayotgan migrantlar saqlanadi.

“Bosniya va Gersegovina chegara politsiyasi o‘z obektida migrantlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘linganini rad etadi”, deyilgan politsiya bayonotida.

Politsiyaning ta'kidlashicha, kameralarda konditsionerlar va isitgichlar bo‘lgan, migrantlar qulflangan holda saqlanmagan hamda kameralarda Chernogoriya politsiyasi ularni ortga qaytarib olmaguncha bor-yo‘g‘i 2 soat o‘tirishlariga to‘g‘ri kelgan. 

Mavzuga oid