Sport | 15:00 / 26.04.2019
12631
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo chempionati. Sanjar Tursunov kumush medal bilan kifoyalandi

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglari doirasida o‘zbekistonlik yana bir bokschi ringga chiqdi.

-91 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sanjar Tursunov janubiy koreyalik Hyong Kyu Kimga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibiga ochkolar hisobiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.

Sanjar Tursunov finalga qadar qirg‘izistonlik Chingiz Borbashev va iordaniyalik Hussayn Iashaishni mag‘lub etgandi.

Bu O‘zbekiston jamoasining turnirdagi ilk kumush medalidir. Bungacha Shukurjon Rahimov (-60 kg) bronza, Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg) va Bobo Usmon Boturov (-69 kg) oltin medallarga ega chiqqandi.

O‘zbekiston boks terma jamoasi muddatidan avval turnirda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib bo‘lgan.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Sanjar__Tursunov 91 Kg 👑 (@sanjar_tursunovofficial) on

Mavzuga oid