O‘zbekiston | 19:00 / 30.04.2019
4138
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekoziqovqatxolding» va Fransiyaning «SucdenGroup» kompaniyalari hamkorlik memorandumi imzolashdi

24 aprel kuni “O‘zbekoziqovqatxolding” rahbariyati va Fransiyaning shakar ishlab chiqaruvchi “Sucden Group”kompaniyasi ijrochi direktori Serj Varsano o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

Unda xolding raisi Tohirjon Jalilov O‘zbekistonda mehmonlarga oziq-ovqat sohasida ro‘y berayotgan katta o‘zgarishlar, xorijiy investorlarga hukumatimiz tomonidan bir qator qulayliklar yaratilganligi borasida so‘zlab berdi. Serj Varsano esa o‘z navbatida O‘zbekiston bilan biznes yuritish uchun katta imkoniyatlar maydoni mavjud ekanligi va oziq-ovqat sohasida ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.

“Sucden Group” kompaniyasi shakar, kakao, bug‘doy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Xolding kompaniya rahbariyati tomonidan kakao va bug‘doyning qattiq navlarini O‘zbekistonga import qilinish yo‘nalishi bo‘yicha ishlar olib borish qiziqarli ekanligi aytib o‘tildi. Shuningdek, muzokaralar davomida mamlakatimizdagi shakar ishlab chiqaruvchi “Angren shakar”va “Xorazm shakar” korxonalarini yanada rivojlantirish borasida ham so‘z bordi.

Tadbir yakunida Serj Varsanoga “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasining faxriy maslahatchisi guvohnomasi topshirildi.

Mavzuga oid