Sport | 19:36 / 01.05.2019
9991
2 daqiqa o‘qiladi

Ayol sportchi Kaster Semenya organizmidagi erkaklar gormoni miqdorini tushirishga majbur qilindi

Foto: EPA

Janubiy afrikalik yuguruvchi Kaster Semenya Qatardagi chempionatga qo‘yilishi uchun organizmidagi testosteron miqdorini tushirishiga to‘g‘ri keladi.

Sport arbitraj sudi (CAS) Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyushmasining (IAAF) testosteron miqdori yuqori bo‘lgan ayol sportchilarga qaratilgan qoidasi bo‘yicha Semenyaning shikoyatini qondirmadi. Sport arbitraj sudi IAAF’ning bu chorasini tahqirlovchi deb topgan, biroq uni kuchda qoldirgan.

2019 yil fevralda IAAF jinsiy rivojlanishida o‘ziga xos jihatlarga ega ayol sportchilarga musobaqalasha olishlari uchun dori vositalari yordamida organizmlaridagi erkaklar jinsiy gormoni – testosteron miqdorini kamaytirishni taklif qilgan. Semenya esa bunga rozi bo‘lmay, CAS’ga shikoyat qilgan.

Sportchi 800 metrga yugurish bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni hisoblanadi. U erkaklarga xos gavda tuzilishi va past ovozga ega bo‘lgani sababli ayol ekanligini isbotlash uchun testdan o‘tishiga ham to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga oid