Sport | 21:00 / 01.05.2019
12085
2 daqiqa o‘qiladi

Kasilyas yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizildi. U faoliyatini yakunlashi mumkin

Ispaniya terma jamoasi va «Real» safida ko‘p yillar mobaynida to‘p surgan, keyingi yillarda «Portu» darvozasini qo‘riqlab kelayotgan Iker Kasilyas bugun, 1 may kuni yurak xuruji tufayli shifoxonaga yotqizildi.

Ertalabki mashg‘ulotlar vaqtida 37 yoshli posbonda miokard infarkti kuzatilgan. Hozirda uning holati barqaror deb baholanmoqda, hayoti uchun xavf mavjud emas. Endilikda u mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.

Shuningdek, uning uchun futbolchilik faoliyati yakunlangan bo‘lishi ham mumkinligi aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, Iker 2015 yildan buyon «Portu» darvozasini qo‘riqlamoqda. Bunga qadar uzoq yillar «Real»da o‘ynab, uch marotaba YeChLda g‘olib chiqqan; 2010 yili Ispaniya milliy jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan.

Kasilyas bu mavsum Portugaliya chempionatining 31ta o‘yinida qatnashib, 19ta gol o‘tkazdi, YeChLda esa 10ta uchrashuvda maydonga tushib, chorak finalgacha bo‘lgan o‘yinlarda 15 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi.

20 mayda 38 yoshga to‘ladigan Kasilyas mart oyida «Portu» bilan shartnomasini keyingi mavsum oxirigacha muddatga uzaytirgan edi.

Mavzuga oid