Light | 16:19 / 04.05.2019
20751
4 daqiqa o‘qiladi

Eski do‘stlarni yo‘qotmaslik va yangi do‘stlar orttirish uchun nima qilish kerak?

Foto: Layfxaker

Agar muntazam ravishda uchrashuvlardan voz kechib, hamkorlikdagi rejalarni bekor qilsangiz do‘stligingiz chippakka chiqadi yoki yangi do‘stlar orttirish imkoniyatidan mahrum bo‘lasiz.

Ko‘pchilik yaqin do‘stlari ko‘p bo‘lishini istaydi, biroq o‘zlari buning uchun harakat qilishga tayyor emaslar.

Albatta hayotingizda uchragan barcha insonlar bilan do‘st tutina olmaysiz. Bu zarur ham emas. Biroq yaqin do‘stga ega bo‘lishni istasangiz, Jyeki Luo universal maslahatlar beradi.

Foto: Layfxaker

1. Ilk qadamni qo‘ying

Hurmat va yaxshi munosabatni his etgan insonlaringizga ular bilan suhbatlashish qiziq ekani haqida ayting. Agar ular bunga qiziqish bildirmasalar, qo‘rqinchli jihati yo‘q. O‘ta mijg‘ov bo‘lib ko‘rinishdan qo‘rqib, biror yangi narsani o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

2. Zaif bo‘lishdan cho‘chimang

O‘z muammolaringiz haqida gapiring va odamlardan ulardagi qiyinchiliklar haqida so‘rang. Faqat bar, qahvaxonalarda uchrashmang, do‘stlaringizni uyingizga ham taklif eting. Sovg‘alar bering. Do‘stlik uchun bir-biringizni boringizcha qabul qilish muhim. Kuchsiz jihatlaringizni ko‘rsatmasangiz, buning imkoni bo‘lmaydi.

3. E'tibor berishni istamasangiz, “yo‘q” deyishni o‘rganing

Foto: Layfxaker

Qo‘pol eshitiladi, lekin sizning ham, o‘zga kishining ham vaqt va kuchini tejaydi. Haqiqiy tuyg‘ularsiz do‘st bo‘lishga intilish  - ezgulikni namoyish etish emas. Shunday ekan, keyinroq yana uchrashishga va'da bermang. Har ikkingizning ham vaqtingiz chegaralangan. Uni haqiqatan ham muhim bo‘lgan insonlarga sarflagan ma'qul.

4. Rozilik bildiring

Agar do‘stingiz birinchi bo‘lib rejalarni taklif etsa, kelasi safar uni o‘zingiz biror yerga taklif qiling. Agar uchrashuvni bekor qilishingiz kerak bo‘lsa, boshqa vaqt bo‘yicha taklif bering. Yangi kelishuvga amal qilishga harakat qiling.

5. O‘zingiz uchun qulay insonlarni qo‘llab-quvvatlang

Foto: Layfxaker

Ba'zida do‘stlarga sizning jismonan mavjud bo‘lishingiz kerak bo‘lsa, boshqa vaqtlarda hissiy qo‘llab-quvvatlashning o‘zi yetarli bo‘ladi. Biroq doimiy ravishda tanlovni ularning foydasiga hal qilsangiz, do‘stlardan ham, do‘stlikdan ham tez orada hech nima qolmaydi. Uni saqlash uchun esa har ikki tomon harakat qilishi lozim.

Umumiy jihatlar ko‘p yoki muloqot qilish qulay bo‘lganidagina yaqin do‘stlik yuzaga kelmaydi. Do‘stligingiz yo‘qqa chiqishi uchun uning hayotidagi qancha muhim voqealar yoki tadbirlarni qoldirish kerak. Siz o‘ylagandan ancha kamroq.

Shuning uchun kelasi safar do‘stga vaqt ajratish yoki boshqa narsani bajarish borasida biror narsani hal qilish kerak bo‘lsa, yodingizda bo‘lsin, ushbu tanlov munosabatlaringizga ta'sir qiladi.

 

Mavzuga oid