Taqiqlangan 20 tonna go‘sht mahsulotlari sotuvga chiqarilgan. Bosh vazirga parlament so‘rovi yuborildi
2017-2018 yillar mobaynida dehqon bozorlaridagi kelib chiqishi hayvonotga mansub mahsulot, xomashyoni realizatsiya qiladigan, saqlaydigan savdo shoxobchalari va omborlarida veterinariya-sanitariya holati nazorati o‘tkazilmaganligi uchun sotilishi man etilgan 440 tonnadan ortiq submahsulotlari (jigar, buyrak, yurak va boshqalar) va 20 tonna go‘sht mahsulotlari savdoga chiqarilgan. Bu haqda Senatning XIX yalpi majlisida Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ma'lum qildi.
«Uyushgan jamoalarda guruhli ovqatdan zaharlanish bo‘yicha 2017 yilda 8 ta holat, 2018 yilda esa 7 ta holat yuz bergan. Ulardan 4 tasi MTMlarda sodir bo‘lgan va jami 73 nafar bola «o‘tkir diareya, dizenteriya» infeksion kasalligi tashxisi qo‘yilgan. So‘nggi ikki yilda jami 102 044 ta umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat savdo obektlaridagi xodimlarning tibbiy ko‘rik daftarchalari tekshirildi va 54062 nafar ishchi tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi ayon bo‘ldi. 91 ta obektlarda (30,5 foizida) ichimlik suvi ta'minoti umuman tashkil etilmagan, 191 ta (64 foiz) bozor kanalizatsiya tarmog‘iga ulanmagan, 53 ta (18 foiz) bozorda veterinariya-sanitariya laboratoriyalari mavjud emas. 55 ta bozorda (18,4 foizida) maxsus chiqindi yig‘ish maydonchalari tashkil etilmagan», - deydi senator.
Nizomxo‘jayev xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga tegishli oziq-ovqat va umumiy ovqatlanish joylarida ham davlat sanitariya nazoratini istalgan vaqtda, hech qanday moneliksiz, moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda o‘tkazish huquqini berish masalasini ko‘rib chiqishni taklif etdi.
Bundan tashqari, yuzaga kelgan vaziyatga oydinlik kiritish uchun senatorlar Bosh vazirga parlament so‘rovini yuborish to‘g‘risidagi qarorni ma'qulladi.
Mavzuga oid
14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
14:50 / 18.12.2024
Senat 2025 yilga mo‘ljallangan davlat budjetini ma’qulladi
15:48 / 20.11.2024