O‘zbekiston | 09:14 / 04.05.2019
17059
3 daqiqa o‘qiladi

Turizm qo‘mitasining Jamoatchilik kengashi «Chor-Chinor»da chinorlarni kesishni to‘xtatishga chaqirdi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Jamoatchilik kengashi Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan «Chor-Chinor» tarixiy obektida chinorlarni kesishni to‘xtatishga chaqirdi.

Foto: Dmitriy Kostyushkin

Kengash «Pravda Vostoka» nashrida e'lon qilingan ochiq xatda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov va O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevga murojaat qilgan.

«Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi cizlardan «Chor-Chinor» (Samarqand viloyati Urgut shahri)dagi asrlik chinorlar kesilishi holati bo‘yicha zudlikdagi aralashuvingizni va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan choralarni ko‘rishingizni so‘raydi.

Foto: Dmitriy Kostyushkin

2019 yilning 30 aprel kuni «Chor-Chinor» majmuasi hududida mehmonxonani rekonstruksiya qilish va qurilish boshlanishi to‘g‘risida ma'lumot kelib tushdi.

Bugun biz rekonstruksiya ishlari vayron qilishga aylanib ketgani, bir nechta yoshi asrlarga teng chinorlar kesilgani, chashmaga beton plita qo‘yilgani, ushbu e'zozlanadigan hamda tarixiy joy oyoqosti qilingani va buzilgani to‘g‘risidagi ma'lumotga egamiz. Investorlarga g‘amxo‘rlik bilan asoslangan va asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bunyod etilgan narsalar bugun Samarqand viloyati Urgut tumani hokimligining ko‘ra-bila turib bunga yo‘l qo‘yishi natijasida buzilmoqda.

Foto: Dmitriy Kostyushkin

Ko‘z o‘ngimizda chinakamiga ajoyib joy o‘z ma'nosini yo‘qotdi.

Shu munosabat bilan sizlardan o‘z vakolatlaringizdan foydalanib asrlik chinorlarni kesishni, vayronkor rekonstruksiya ishlarini to‘xtatish, ajdodlarimizning ma'naviy va tarixiy merosini buzishdagi aybdorlarni javobgarlikka tortish, shuningdek, yuzaga kelgan vaziyatda qo‘llanilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor etishingizni so‘raymiz», - deyiladi xatda.

Foto: Dmitriy Kostyushkin
Foto: Dmitriy Kostyushkin

Jamoatchilik kengashi nashrga deputatlik rasmiy talabini jo‘natishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

Shuningdek, «Pravda Vostoka» xabariga ko‘ra, ushbu masalani Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi, Ekologik partiya rahbari Boriy Alixonov o‘z nazoratiga olgan. «Chor-Chinor»ga tezkor guruh yo‘l olgan. Holatlar bo‘yicha tekshiruv boshlangan. Yaqin kunlar ichida ushbu tekshiruv natijalari ma'lum qilinadi.

Foto: Dmitriy Kostyushkin
Foto: Dmitriy Kostyushkin

 

Mavzuga oid