O‘zbekiston | 10:33 / 06.05.2019
38264
2 daqiqa o‘qiladi

«Sheremetevo»da halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q - TIV

Foto: mskagency.ru

Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti maxsus axborot bilan chiqdi. U vazirlik saytida joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 6 may kuni ertalab holatiga ko‘ra, 5 mayda Moskvadagi «Sheremetevo» aeroportiga samolyotning favqulodda qo‘nishi natijasida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. 

Bu ma'lumotni tergov olib borayotgan huquqni muhofaza qilish organlari mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi Konsullik bo‘limiga tasdiqlagan.

Rossiya tergov qo‘mitasi vakili Yelena Markovskaya ma'lumotiga ko‘ra, «Aeroflot» kompaniyasining Sukhoi Superjet 100 yo‘lovchi samolyoti bilan Sheremetevo aeroportida yuz bergan halokat oqibatida 41 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Moskvadan Murmanskka yo‘nalayotgan samolyot 5 may kuni parvozni boshlagandan 28 daqiqa o‘tib Sheremetevo aeroportiga favqulodda qaytib, keskin qo‘nishni amalga oshirgan. Samolyot murakkab ob-havo sharoiti tufayli ikkinchi urinishdan keyingina qo‘na olgan. Samolyot qo‘nganda uning stoykalari sinib, dvigatellari yona boshlagan. 

Ushbu fojia yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan hamda uni tergov qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilgan.

Mavzuga oid