Jamiyat | 11:38 / 15.05.2019
8963
2 daqiqa o‘qiladi

IIV «Fayzobod» avtodromini ta'mirlashni rejalashtirmoqda

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqdagi guruhlardan birida YHXB Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi («Fayzobod») avtodromidagi yo‘l qatlami holati haqidagi masala ko‘tarildi. 

Foto: IIBB axborot xizmati

IIBB xabariga ko‘ra, Mirobod tumani, Fayzobod ko‘chasi, 43-manzilida joylashgan va Bektemir, Yashnobod hamda Shayxontohur tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi Toshkent shahar IIBB YHXB Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi binosi 1978 yili qurilgan.

Foto: IIBB axborot xizmati

Bugungi kunda me'yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lmagan ushbu bino va avtodromni to‘liq ta'mirdan o‘tkazish zarurati yuzaga kelgan.

Foto: IIBB axborot xizmati

Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB rahbariyati respublika Ichki ishlar vazirligiga xodimlar va bo‘lajak haydovchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida yangi bino qurilishi va avtodromni ta'mirdan o‘tkazishga mablag‘ ajratishni so‘rab murojaat qildi.

Foto: IIBB axborot xizmati
Foto: IIBB axborot xizmati

Murojaat ko‘rib chiqilgunga qadar, vaqtinchalik chora sifatida YHXB xodimlari tomonidan YHXB «Fayzobod» RO‘ va IOB mashq maydoni hududidagi yo‘l qatlamini ma'lum qismini ta'mirdan o‘tkazish chorasi ko‘rilgan.

Mavzuga oid