Sport | 10:40 / 16.05.2019
8803
3 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada chempion aniqlandi. YeChL va Yevropa Ligasida qatnashuvchi jamoalar aniq

Niderlandiya chempionatida so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkazildi. 

«Ayaks» safarda «De Grafsxap» bilan o‘ynadi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu natijadan so‘ng, amsterdamliklar 86 ochko jamg‘arib, o‘z tarixida 34-marta Niderlandiya chempioni bo‘lishdi. 

Chempionlik o‘yinida jamoa gollarini Lasse Shone, Nikolas Talyafiko va Dushan Tadich (2) urishdi.

Ikkinchi o‘rinni uch ochko ortda qolgan PSV klubi egalladi. 65 ochko jamg‘argan «Feyyenoord» klubi uchinchi bo‘ldi.

«Ayaks» va PSV klublari Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. «Feyyenoord» va AZ klublari Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishdi. 5-8 o‘rinlarni egallagan «Vitess», «Utrext», «Herakles» va «Groningen» klublari pley-off orqali Yevropa Ligasining yana bir yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi.

Bu chempionlik «Ayaks» uchun keyingi 5 mavsumdagi ilk chempionlikdir - avvalgi yillarda PSV uch marta, «Feyyenord» bir marta chempion bo‘lgandi.

Bu mavsumda Erik ten Xag jamoasi oltin dubl qayd etishdi – Niderlandiya Kubogini ham amsterdamliklar qo‘lga kiritishgandi.

Niderlandiya chempionligini qo‘lga kiritish bo‘yicha ikkinchi va uchinchi ko‘rsatkichlar PSV (24) va «Feyyenoord»ga (15) tegishli hisoblanadi.

Niderlandiya chempionati
Yuqori divizion 
33-tur 

«De Grafsxap» - «Ayaks» - 1:4 (1:2)
Gollar: Shene, 37 (0:1). El-Jyebli, 40 (1:1). Talyafiko, 44 (1:2). Tadich, 67 - penalti (1:3). Tadich, 87 (1:4). 
«De Grafsxap»: Bertrams, Ovusu, L.Nyuport, Stralman, Tutuarima, Baui (Neyland, 80), Vet, El-Djyebli, Matusiva (Oleyve, 74), van Migem (Byurgzorg, 68), Serrarens.
«Ayaks»: Onana, Blind, Talyafiko, de Ligt, Mazraui (Kristensen, 59), Tadich, Shene (Dolberg, 63), Ziyex, van de Bek (de Vit, 78), de Yong, Xyuntelar.
Ogohlantirishlar: Matusiva, 66. 

PSV - «Xerakles» - 3:1 (1:1)
Gollar: Konings, 1 (0:1). Droste, 32 - v svoi vorota (1:1). Firgefer, 48 (2:1). Malen, 89 (3:1). 
PSV: Zut, Shvab (Seynsberi, 89), Firgefer, Anxelino, Dyumfris, Pereyro (Gakpo, 80), Guterres (Xendriks, 73), Rosario, de Yong, Bergvayn, Malen.
«Xerakles»: Brauver, van Xintum, Droste, van den Beys, Knuster, Merkel, Drost (Duarte, 61), dos Santos, Dalmau, van der Vater (Kuvas, 61), Konings (Peterson, 74).
Ogohlantirishlar: Dalmau, 15. Rosario, 43. 

Turnir jadvalidagi yakuniy holat

Mavzuga oid