Jahon | 21:01 / 17.05.2019
10472
2 daqiqa o‘qiladi

Nur-Sultonda Jahon savdo markazi qurilishiga start berildi 

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda Jahon savdo markazi poydevoriga kapsula qo‘yilib, markaz qurilishiga start berildi.

Foto: Sultana Seitova / tengrinews.kz

“Bugun poytaxtimiz tarixida unutilmas kun bo‘lib qoladi. Biz Nur-Sultonda Jahon savdo markazlari uyushmasining yana bir nuqtasini barpo etish bo‘yicha uzoq yillik muzokaralarning amaliy bosqichiga o‘tdik. Men sizlarni bugungi tadbir bilan tabriklayman hamda loyihamiz amalga oshishini tilab qolaman”, deb aytgan Nur-Sulton akimi Baxit Sultonov kapsulani qo‘yish marosimida.

Avval Nur-Sultonda Jahon savdo markazi qurilishi rejalashtirilayotgani ma'lum qilingan. Balandligi 150 metr bo‘ladigan majmuani EXPO hududida 2 gektar maydonda qurish rejalashtirilgan. 

Xalqaro savdo markazlari uyushmasi (WTCA) xalqaro nosiyosiy tashkilot bo‘lib, global savdo va investitsiyalarni rivojlantirishga ko‘mak beradi. Jahon savdo markazlari o‘zaro bir tarmoq bilan bog‘langan va ularda odatda ko‘ra Eni, “Lukoyl”, Panasonic, J.P.Morgan, Bank of New York kabi yirik korporatsiyalar ofislari joylashadi.

Mavzuga oid