Huawei o‘z operatsion tizimini ishlab chiqayotganini ma'lum qildi
Huawei kompaniyasi o‘z operatsion tizimini ishlab chiqmoqda, deb ma'lum qildi Huawei Consumer Business Group ijrochi direktori Yuy Chendu.
"Eng tezi bilan – shu yilning kuzida, eng kechi bilan – kelasi yil bahorida Huawei operatsion tizimi bozorga chiqadi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "Feniks" telekanali.
U telefonlar, kompyuter, planshet va boshqa mahsulotlar uchun yagona operatsion tizim bo‘lishini ma'lum qilgan.
"Biz Google va Microsoft bilan hamkorlik qilishga tayyormiz, ammo boshqa yo‘limiz yo‘q, shunga majburmiz", - deb qo‘shimcha qilgan u.
Google Huawei bilan ochiq litsenziyaga ega bo‘lgan barcha vositalardan tashqari, asbob-uskunalar, dasturiy ta'minot va texnik xizmatlar sohasida hamkorlikni to‘xtatdi.
AQSh Savdo vazirligi Xitoyning Huawei kompaniyasiga mavjud tarmoqlarni saqlab qolish va amaldagi mijozlarga dasturiy ta'minot yangilanishlarini taqdim etish imkonini beradigan vaqtinchalik umumiy ruxsat to‘g‘risidagi ma'lumotni e'lon qildi.
Vaqtinchalik ruxsatnoma 19 avgustga qadar amal qiladi.
Mavzuga oid
09:00 / 19.12.2024
Huawei kompaniyasi Dubaydagi taqdimotida yangi buklanadigan smartfon va boshqa flagman qurilmalarini taqdim etdi
00:06 / 03.11.2024
Time jurnali 2024 yilning eng ahamiyatli ixtirolari ro‘yxatini e’lon qildi
21:12 / 10.09.2024
Huawei dunyodagi birinchi uchta ekranli, buklanadigan smartfonni taqdim qildi
18:53 / 31.10.2023