O‘zbekiston | 07:46 / 23.05.2019
3701
2 daqiqa o‘qiladi

1 iyuldan boshlab gov.uz davlat subdomenida joylashtirilgan axborot resurslariga kirishda trafik uchun haq olinmaydi

Foto: Shutterstock

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorda belgilanishicha:

• Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha simsiz ma'lumotlar uzatish uchun signal quvvatidan qat'i nazar 2400-2483,5 MGs va 5000-5999 MGs radiochastota polosalarida ekspluatatsion yig‘im va radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lov undirilmaydi;
• davlat ko‘chmas mulkidan telekommunikatsiya obektlarini o‘rnatish uchun foydalanganlik ijara to‘lovining eng kam stavkalari, oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llamagan holda, «simli elektr aloqasi»dan foydalanish maqsadi bo‘yicha stavkaga teng miqdorda qo‘llaniladi.

Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga 2019 yil 1 iyuldan boshlab davlat subdomenida (gov.uz) joylashtirilgan axborot resurslariga kirishda ishlatiladigan trafik uchun haq olmaslik tavsiya etilmoqda.

Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlariga 2022 yil 1 yanvarga qadar telekommunikatsiya obektlarini qurish-montaj ishlarini, radioelektron vositalarni o‘rnatish maydonchalarini (joylarini) o‘rnatilgan tartibda kelishgandan so‘ng, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan parallel ravishda amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat etiladi.

Mavzuga oid