Jahon | 18:37 / 27.05.2019
23244
1 daqiqa o‘qiladi

"Soyuz" raketasini havoga ko‘tarilishidayoq yashin urdi

Foto: Mixail Djaparidze/TASS, arxiv

Plesetsk kosmodromidan uchirilgan "Soyuz-2.1b" raketa-tashuvchisini havoga ko‘tarilishi bilanoq yashin urdi. Bu haqda kosmodrom boshlig‘i general-mayor Nikolay Nestechuk ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, raketaga zarar yetmagan, sun'iy yo‘ldosh belgilangan vaqtda orbitaga olib chiqilgan.

TASS manbasining so‘zlariga ko‘ra, yashin raketaning kallagi va uchinchi pog‘onasiga urilgan.

Yana bir manbaning aytishicha, yashin raketaga u yerdan ko‘tarilganidan so‘ng 14-soniyada urilgan.

"Soyuz-2.1b" raketasi 27 may kuni uchirildi. U "Glonass-M" kosmik qurilmasini orbitaga olib chiqdi.

Mavzuga oid