Jahon | 17:18 / 27.05.2019
8205
2 daqiqa o‘qiladi

Tbilisi sudi Saakashvili va bir necha amaldor kaltaklangan deputatga 77 ming dollar to‘lashi to‘g‘risida hukm chiqardi

Mixail Saakashvili/Foto: Gleb Garanich / Reuters

Tbilisi sudi Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili, sobiq bosh vazir Vano Merabishvili, IIVning sobiq xodimi Erekle Kodua hamda IIV va moliya vazirligi sobiq deputat Valeriy Gelashviliga ma'naviy va moddiy zararni qoplash uchun 215 ming lari (77 ming dollar) to‘lashi to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda jabrlanuvchining advokati ma'lum qildi.

Gelashvili 2005 yil iyunda shafqatsizlarcha kaltaklangandi. Prokuratura ma'lumotiga ko‘ra, u gazetalardan birida mulki olib qo‘yilganligi va bunda o‘sha paytdagi prezident Saakashvili aybdor ekanligi to‘g‘risida maqola yozganidan so‘ng kaltaklangan. 

Saakashvili deputatni jazolashni o‘sha paytdagi ichki ishlar vaziri Merabishviliga buyurgan. IIV va moliya vazirligi xodimlari buyruqni bajarishgan.

"Valeriy Gelashvili kaltaklangan chog‘ida unga moddiy zarar yetkazilgan. Uning yonida bo‘lgan 10 ming dollarga yaqin puli yo‘qolgan, brilliant uzugini tortib olishgan. Bundan tashqari, biz suddan unga yetkazilgan ma'naviy zarar ham to‘lanishini so‘radik", - dedi Kojoridze.

Gelashvilining ishi bo‘yicha Saakashvili 2018 yil iyunda sirtdan olti yilga, Merabishvili 2016 yil avgustda olti yil to‘qqiz oyga ozodlikdan mahrum etilgandi. Ulardan tashqari, Gruziyadan chiqib ketgan Merabivshili va IIVning yana bir xodimi Giya Siradze sirtdan to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Mavzuga oid