Jahon | 20:23 / 29.05.2019
6341
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar daryolarning antibiotiklar bilan ifloslanganini aniqlashdi

Foto: Fotolia /Alexander Raths

Olimlar daryo suvlarining antibiotiklar bilan yuqori darajada ifloslanganini aniqlashdi. Bu esa butun dunyo bo‘ylab odamlarning ommaviy halokatiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda Independent nashri xabar berdi. 

Tadqiqotchilar 72 ta davlat hududidan oqib o‘tuvchi daryolar suvlarini tekshirishgan. Aniqlanishicha, 65 ta davlatdagi daryolar suvlarida 14 ta eng ommaviy antibiotik izlari aniqlangan.

Antibiotiklar eng ko‘p miqdorda Osiyo va Afrika daryolarida aniqlangan. Xususan, Bangladeshdagi daryolarda dorilar miqdori mumkin bo‘lgan darajadan 300 marta ko‘proqni tashkil qilgan.

Olimlarning ta'kidlashicha, dorilar qoldiqlari daryolarga kanalizatsiya chiqindilari bilan birga tushadi. Bu esa mikroorganizmlarning antibiotiklarning doimiy ta'siri ostida “superbakteriyalar”ga mutatsiya qilishiga, ushbu “superbakteriyalar” esa o‘z navbatida 2050 yilga qadar millionlab odamlarning halokatiga olib kelishi mumkin.

Mavzuga oid