Jahon | 22:02 / 29.05.2019
37609
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar sayyoramizga yangi davr kirganini e'lon qilishdi

Foto: EPA /NASA

Lester universiteti (Buyuk Britaniya) tadqiqotchisi Yan Zalasevich boshchiligidagi olimlar guruhi sayyoramizda yangi geologik davr – inson davri boshlanganini e'lon qilishdi.

“Antropotsen” deb nom olgan yangi davrning asosiy farqli jihati atrof-muhit va iqlimga hukmron ta'sirni inson ko‘rsatishidan iborat.

Yangi davrni yadroviy qurol sinovlarining radioaktiv oqibatlari, plastmassa qoldiqlari paydo bo‘lishi, Ikkinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy faollik oqibatida yuz bergan uglerod ifloslanishdan 1950-yillardan boshlab kuzatish mumkin bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, 34 mutaxassis o‘nlab yillar davomida antropotsen geologik asoslangan g‘oya hisoblanishi isbotini tahlil qilishgan. “Biz antropotsen nimaligini juda yaxshi tushunamiz. Biz muammoga xolis qaraymiz. Geologiya bu borada yaxshidir: toshlar aldamaydi”, deb aytgan Zalasevich.  

Endi olimlar Xalqaro stratigrafiya komissiyasiga antropotsen davri kirganining rasman tan olinishi haqida ariza topshirishadi. Agar yangi davr kirgani tan olinsa, unda antropotsen sayyoramizda 12 ming yil avval muzlik davridan keyin boshlangan golotsen davri o‘rniga keladi.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ayni vaqtda insonlar faoliyati jonzotlar va o‘simliklarga oxirgi 10 mln yildagi ta'sirdan 100 marta kuchliroq xavf solmoqda. 

Mavzuga oid