Jahon | 10:29 / 30.05.2019
4655
1 daqiqa o‘qiladi

Urugvay Huawei va ZTE bilan hamkorlikni davom ettirish masalasini ko‘rib chiqmoqchi

Foto: RIA Novosti / Kirill Kallinikov

Urugvay hukumati AQShning cheklovlaridan so‘ng telekommunikatsiyalar milliy boshqarmasi (Antel) Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyalari bilan hamkorlik qilish-qilmasligini ko‘rib chiqadi, deb ma'lum qildi Antel rahbari Andres Tolosa.

AQSh savdo vazirligi may o‘rtalarida Huawei kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritdi. Kompaniya tegishli litsenziyasiz Amerika kompaniyalari bilan hamkorlik qila olmaydi. AQSh shuningdek, 5G  tarmog‘ini yaratishda Huawei qurilmalaridan foydalanishga AQShda ham, boshqa davlatlarda ham to‘sqinlik qilishini bildirdi.

Urugvay 5G texnologiyasini Nokia kompaniyasi bilan amalga oshirmoqda, ammo Antel bir necha yildan buyon Huawei va ZTE bilan ishlab keladi.

"Buning ta'sirini baholash lozim. Xitoy kompaniyalari bilan bog‘liq vaziyat global iqtisodiyotga kuchli ta'sir ko‘rsatishi mumkin, Urugvay esa barcha mamlakatlarning savdo hamkori hisoblanadi", - dedi Antel rahbari.

Mavzuga oid