Sport | 22:25 / 31.05.2019
24167
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Ravon Nexia R3 Rossiya halqa poygalari seriyasi ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi

«RAVON Racing Team» jamoasi Ravon Nexia R3 avtomobilida 2019 yilgi Rossiya halqa poygalari seriyasining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. Poygalar Bogorodsk shahri yaqinidagi «Nijyegorodskoye Kolso» trassasida bo‘lib o‘tdi.

Rossiya avtopoygalari tarixiga O‘zbekiston avtomobil brendi nomini yozdirish uchun  Yefim Gantmaxer boshqaruvidagi mahalliy avtomobilga to‘rtta poyga kerak bo‘ldi.  

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobilga Peugeot 208 GTI, Hyundai Solaris, Volkswagen Polo R2 Mk5, Kia Rio X-Line hamda Rossiyaning LADA Granta FL va Lada Kalina NFR avtomobillari raqobatchi bo‘ldi.

 

Mavzuga oid