O‘zbekiston | 20:40 / 04.06.2019
11508
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda BBC muxbiri akkreditatsiya qilindi

O‘zbekistonda BBC teleradiokompaniyasi muxbiri akkreditatsiya qilindi. bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

«2019 yil 4 iyun kuni BBC (Buyuk Britaniya) teleradiokompaniyasi muxbiri Avazbek Tohirov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilindi», deyiladi xabarda.

Qonunchilikka ko‘ra, xorijiy nashrlar muxbirlari O‘zbekiston hududida faqatgina TIV tomonidan akkreditatsiya berilganidan keyingina faoliyat yuritishi mumkin.

Ayni paytda O‘zbekiston TIV tomonidan o‘ndan ortiq davlatning 50ga yaqin muxbiri akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, ular orasida Reyter, TASS, Sinxua, Frans Press kabi agentliklar xodimlari bor. Eng ko‘p akkreditatsiyadan o‘tgan OAV xodimlari esa Xitoy va Rossiyadan.

Eslatib o‘tamiz, «Bi-Bi-Si»ning Toshkentdagi byurosi 2005 yilda yopilgan edi.

Mavzuga oid