Jahon | 09:00 / 08.06.2019
5480
2 daqiqa o‘qiladi

Tereza Mey Britaniyaning konservatorlar partiyasi yetakchisi lavozimidan ketdi

Foto: REUTERS / Simon Dawson

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Konservatorlar partiyasi yetakchisi lavozimidan ketdi va bu haqda partiya rahbariyatini xabardor qildi.

Mey yangi bosh vazir saylanguncha o‘z lavozimida qoladi. Ta'kidlanishicha, yangi bosh vazir ismi iyulning ikkinchi yarmida ma'lum bo‘lishi kutilmoqda. 

“Tereza Mey partiya yetakchisi lavozimidan ketishini ma'lum qilgandan keyin qo‘mita rahbariyati partiya a'zolarini partiyaning yangi yetakchisi saylovlariga nomzodlarini qo‘yishga taklif qiladi. Nomzodlarni ilgari surish dushanba, 10 iyun soat 17:00gacha davom etadi. Ushbu jarayon yakunlanishi bilanoq nomzodlar ro‘yxati e'lon qilinadi. Mey yangi yetakchi e'lon qilingunga qadar partiya yetakchisi vazifasini bajarib turadi”, deyilgan qo‘mita bayonotida.

Mey iste'foga ketishini may oxirida e'lon qilgan. Uni buni qilishga partiyadoshlari, jumladan vazirlar mahkamasi a'zolari majbur qilishgan. Ular Mey Yevropa Ittifoqi bilan Brexit bo‘yicha taklif qilgan yangi kelishuvdan norozi bo‘lishgan.

Partiya yetakchisi lavozimiga 10 dan ko‘proq nomzod da'vogarlik qilmoqda. G‘alaba qozonishga eng yuqori imkoniyatlarga sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson, amaldagi tashqi ishlar vaziri Jyeremi Xant, Brexit masalalari bo‘yicha sobiq vazir Dominik Raab va atrof-muhit masalalari bo‘yicha vazir Maykl Gouv ega.

Mavzuga oid