Fan-texnika | 21:50 / 10.06.2019
54274
2 daqiqa o‘qiladi

GM Uzbekistan: Tracker va Lacetti avtomobillarini muddatli to‘lov aksiyasi bo‘yicha xarid qilishga ulgurib qoling!

GM Uzbekistan kompaniyasidan taqdim etilayotgan avtomobillarni muddatli to‘lovga xarid qilish aksiyasi nihoyasiga yetayotganini ma'lum qiladi.  

Shoshiling: Sizda foizsiz muddatli to‘lovga avtomobil xarid qilish imkoniyati faqat 14 iyunga qadar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya xaridorlarga Tracker Premier AT hamda Lacetti 3-pozitsiya avtomobillarini foizsiz muddatli to‘lov asosida xarid qilish bo‘yicha aksiya e'lon qilgandi.

Aksiyaga ko‘ra, Tracker Premier AT avtomobilini muddatli to‘lov asosida sotib olish uchun xaridor 128 million so‘m dastlabki to‘lovni amalga oshirib, qolgan summani 2 yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi.

Chevrolet Lacetti avtomobilining 3-pozitsiyasini ham bir yilga foizsiz muddatli to‘lovga xarid qilish mumkin. Buning uchun xaridor avtomobilning 100 million so‘m dastlabki to‘lovini amalga oshirib, qolgan 28 million so‘mini bir yil davomida foizsiz bo‘lib to‘laydi.

Kompaniya xaridorlarga avtomobil xaridi jarayonida qo‘shimcha qulayliklar yaratishda davom etadi!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid