O‘zbekiston | 08:50 / 11.06.2019
48074
2 daqiqa o‘qiladi

IIV boshqarma boshlig‘i: «Toshkent shahriga propiskaga o‘tib olish «lazeyka» bo‘lib qoldi»

10 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida intervyu va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda fuqarolarning ko‘pchilik bo‘lib, birlamchi bozordan uy sotib olayotgani, shu tariqa Toshkent shahrida propiskaga ega bo‘layotgani va bu holatni qanday baholash mumkinligi haqida savol berildi. 

«Sodda tilda tushuntiradigan bo‘lsak: viloyatlardan to‘rtta yoki uchta fuqaro o‘zaro kelishib, Toshkent shahrida bir xonali kvartira olib, shu to‘rt kishi o‘sha kvartiraga propiskadan o‘tishmoqchi. O‘tishdi ham. 

Ko‘p bahsli holatlar aynan propiskadan o‘tish jarayonida yuzaga kelmoqda. Toshkent shahriga propiskaga o‘tvolish, qo‘pol qilib aytganda, «lazeyka» bo‘lib qoldi. Lekin, shunga qaramasdan, ko‘pchilik fuqarolar sudga murojaat qilishyapti. Sud qaror chiqargandan keyin bizning xodimlar fuqarolarni propiska qilyapti. Hozir sud yordamida ko‘p muammolar hal bo‘lyapti, sud orqali propiskaga o‘tishyapti. Bu masalani yuqori tashkilotlarga ma'lumot tariqasida kiritdik, bu borada bizga aniq yo‘nalish berishlarini iltimos qildik», deydi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Badriddin Shorixsiyev.

Mavzuga oid