Huawei o‘z operatsion tizimida ishlovchi smartfonlar ishlab chiqardi
Huawei o‘z operatsion tizimi HongMeng’da ishlovchi millionta smartfon ishlab chiqardi.
Ta'kidlanishicha, bu foydalanuvchilarga Xitoy kompaniyasi smartfonlarida Android-dasturlarni ishga tushirishga imkon beradi.
Yangi operatsion tizimni kuzda sotuvga chiqariladigan Mate 30 va Mate 30 Pro smartfonlari olgan.
May oyida AQSh Huawei kompaniyasini milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi kompaniyalar qora ro‘yxatiga kiritgan. Shunga ko‘ra, 19 may kuni AQShning Google kompaniyasi Huawei bilan aloqalarni to‘xtatgan. Xitoy kompaniyasi Google’ning Android operatsion tizimini yangilash imkonidan mahrum bo‘lgan, yangi smartfonlarda esa Google Play, Chrome, Gmail, YouTube, xaritalar bo‘lmaydi.
10 may kuni Huawei Rossiyada Android’ning muqobili – “Avrora” operatsion dasturini topgani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
09:00 / 19.12.2024
Huawei kompaniyasi Dubaydagi taqdimotida yangi buklanadigan smartfon va boshqa flagman qurilmalarini taqdim etdi
00:06 / 03.11.2024
Time jurnali 2024 yilning eng ahamiyatli ixtirolari ro‘yxatini e’lon qildi
21:12 / 10.09.2024
Huawei dunyodagi birinchi uchta ekranli, buklanadigan smartfonni taqdim qildi
18:53 / 31.10.2023