Jahon | 19:27 / 13.06.2019
13181
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Yevrokengash parlament assambleyasiga ultimatum qo‘ydi

Foto: CC BY 2.0 / Council of Europe /

Rossiya 26 iyunda Yevropa kengashi parlament assambleyasidagi vakolatlari to‘liq tiklanishini talab qiladi, dedi davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.

Shu kuni Yevropa kengashining yangi bosh kotibi saylanadi. Volodinning aytishicha, agarda saylov Rossiya ishtirokisiz o‘tadigan bo‘lsa, yangi bosh kotibning mandati "shubha ostida" qoladi.

Uning ta'kidlashicha, agarda YeKPA 24 iyunda milliy delegatsiyalar huquqi masalalari bo‘yicha ma'ruzani qabul qilsa, Rossiya shu kuniyoq iyundagi sessiyada ishtirok etish uchun ariza beradi.

Agarda YeKPA Rossiyani biror-bir vakolatdan mahrum qiladigan bo‘lsa, u holda Rossiya delegatsiyasi assambleyani tark etish huquqidan foydalanishi mumkin.

2014 yil aprelda YeKPA Rossiya delegatsiyasini Ukraina va Qrim voqealari munosabati bilan ovoz berish huquqidan mahrum qilgandi. YeKPA 2015 yilda Rossiya delegatsiyasi vakolatlarini tiklash masalasini ikki marta ko‘rib chiqqan, ammo o‘shanda sanksiyalar yanada kuchaygandi.

Mavzuga oid