O‘zbekiston | 12:10 / 13.06.2019
26828
2 daqiqa o‘qiladi

Shahrisabzda 2ta oliy o‘quv yurtining filiali tashkil etildi

Hukumatning 2019 yil 11 iyun kungi 488- va 489-sonli qarorlari bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari tashkil etildi. Bu haqda telegramdagi «Huquqiy axborot» kanalida xabar qilingan.

Qaror bilan Filiallarning asosiy vazifalari belgilab berildi. 

Mazkur Filiallarda o‘quv jarayoni 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Shuningdek, qaror bilan ushbu filiallarning vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi. 

Qarshi davlat universiteti qoshidagi Shahrisabz akademik litseyining bino va inshootlari  – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Filialiga, Shahrisabz yengil sanoat kasb-hunar kolleji bino va inshootlari esa Toshkent kimyo-texnologiya instituti Filialiga berildi. 

Mazkur akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradi.

Mavzuga oid