Jahon | 19:30 / 16.06.2019
36906
2 daqiqa o‘qiladi

Argentina va Urugvay to‘liq elektr energiyasiz qoldi

Foto: Marko Belo/RIA Novosti

Argentina va Urugvay to‘liq, Braziliya va Paragvayning ba'zi hududlari elektr energiyasiz qolib ketdi. Bu haqda 16 iyunda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi. 

Blekautga Argentinaning Lotin Amerikasi davlatlarida elektr ta'minoti xizmatlarini ko‘rsatuvchi Edesur kompaniyasi tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan.

“Elektr ta'minotidagi katta ko‘lamli nosozlik butun Argentina va Urugvayni elektr energiyasiz qoldirdi”, deb aytilgan kompaniya xabarida.

Elektr uzatishdagi uzilishlar 16 iyun erta tongda boshlangan. Ular Argentinaning Santa-Fe, San-Luis, Formosa, La-Rioxa, Chubut, Kordova, Mendosa viloyatlarini qamrab olgan.

Edesur’da qo‘shimcha tizim ulangani va elektr ta'minoti sekin-asta tiklanayotgani ma'lum qilingan. Ayni vaqtda elektr energiya 34 ming iste'molchi uyiga qaytgan.

Ta'kidlash joizki, Argentina va Urugvayda umumiy hisobda 48 mlnga yaqin odam yashaydi.

8 martga o‘tar kechasi Venesuelaning 23 shtatidan 21 tasi elektr energiyasiz qolgandi. Prezident Nikolas Maduro blekautda AQShni ayblagandi.

Mavzuga oid