Light | 11:20 / 19.06.2019
49599
4 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng ishonchli zaxira omborlari

Bank seyfini ochish mutaxassislardan bir necha daqiqa/soat/kun vaqtni oladi. Bu ssenariy mazmuni va Gollivud filmining budjetiga bog‘liq (hazil). Seyflar qimmatli buyumlarni saqlashning eng xavfsiz usullaridan biri hisoblanadi. Egasining ishonchisiz ularni ochishni faqatgina o‘z sohasining ustalari amallay olishadi. Havaskorlar, katta ehtimol bilan, saqlovchi buyumni saqlayotgan narsalari bilan birgalikda yo‘q qilib yuborishlari mumkin.

Dunyoda shunday «seyflar» mavjudki, ularda kichikroq armiyani berkitish mumkin (balki, kattarog‘ini ham). Odatda ular qaysidir davlatning VIP-personalari uchun boshpana, zaxiralar ombori yoki strategik maqsadlarda foydalaniladigan bunker sifatida barpo etiladi.

Fort-Noks

5000 tonnalik oltin yombilar har qanday o‘g‘ri-bosqinchi e'tiborini jalb qila oladi. To‘g‘ri, qo‘lga kiritish oson ish emas. Bosqinchilar duch keladigan qiyinchiliklar:

  • 4 devordan o‘tish (2tasi qattiq nazorat ostida);
  • binoga kirish (yonma-yon joylashgan kazarmada oliy darajada tayyorlangan qurollangan 30 000 askar joylashgan);
  • yo‘laklardagi labirint va qulflangan eshiklar;
  • ombor kodi fort xodimlari orasida bo‘lingan holda saqlanadi, ularni yig‘ish kerak;
  • 22 tonna og‘irlikdagi eshikni ochish;
  • minglab mitti qutilardan oltin zaxirasini ajratib olish.

Tarixda Fort-Noksdan sanksiyasiz biror nimani olib chiqishga hattoki bitta ham urinish kuzatilmagan. AQShning oltinlari, albatta, bexavotir saqlanmoqda.

Shpitsbergen urug‘ fondi

Agar yeyishga hech vaqo qolmasa, dunyo boyliklarining hammasi qadrsizlanadi. Shuning uchun Shpitsbergen orolida ulkan yerto‘la barpo etilgan. U Shimoliy qutbdan 620 mil (1125 km) uzoqlikdagi cho‘qqida 390 fut (120 metr) chuqurlikda joylashgan. Bunkerni minglab kilometr yo‘l, qahraton harorat va oq ayiqlar muhofaza qilishadi. Inshoot konstruksiyasi ehtimoliy yadro zarbasini hisobga olgan holda barpo etilgan. Shuningdek, fond har qanday zilzilaga bardoshlidir (olimlar tasavvur qilgan darajada).

Ichkarida butun yer yuzida tarqalgan 500 000dan ortiq xildagi o‘simliklarning urug‘lari mavjud. Dunyo miqyosida halokat ro‘y bersa, shu zaxira orqali o‘simlik dunyosi qayta tiklanishi mumkin, deb faraz qilinadi.

Shayyen tog‘i

Bu AQShning o‘ziga xos yadro xavfsizligi ofisi. Sovuq urush davrida bu yerga NORAD (Amerika atom qurollari nazorati) boshqaruv markazi joylashtirilgan. SSSR tarqalgandan so‘ng, obekt «iliq» qo‘riqlash tizimiga o‘tgan. Bu degani endilikda kam sonli xodimlar tarkibi omborning to‘liq ish faoliyatini, zaxiralar yangilanib turilishi va davlat boshqaruvchilarning tashrifiga doimiy shaylikni bajaradi.

25 tonnalik eshik 30 megatonna quvvatli zarbaga bardoshli. Quvvat zaxiralari faqat shu eshik orqali kiritish mumkin, chunki «uy»ning boshqa tomonlarini tog‘ qurshab turadi. Likvidatsiya tizimi ham mavjud, bu AQShning barcha harbiy sirlari maxfiyligi ta'minlaydi.

Temir tog‘

Omborlarda saqlanuvchi boyliklar faqatgina pul, oltin yoki qimmatbaho toshlar emas. AQShning navbatdagi zaxira g‘orida Edison lampasining haqiqiy patenti, egizak binolarni qulatgan samolyotlarning parchalari, Room 48 deb nomlanuvchi AQShning katta loyiha va tadbirlarini funksiyalashtirgan ma'lumot ombori saqlanadi. Bular rasman ma'lum bo‘lgan ma'lumotlar. Seyfning qolgan 95 foiz tarkibi mutlaqo maxfiydir.

Obekt tashkil qilinishining katta qismi xususiy kompaniyalar tomonidan bajarilgan. Xavfsizlik tizimi Fort-Noksdagidan qolishmaydi. Shayyen bunkeri kabi, g‘ordan yadro zarbasidan boshpana sifatida foydalanish mumkin.

Mavzuga oid