Light | 23:42 / 23.06.2019
41046
3 daqiqa o‘qiladi

Booking.com: Dunyodagi eng mehmondo‘st 5ta davlat nomi ma'lum bo‘ldi

Tayland/Foto: Booking.com

Mehmonxona va hostellarni band qilish, aviachiptalar sotuvi bilan nom qozongan Booking.com kompaniyasi 21,500 kishi orasida so‘rov o‘tkazib, ularning munosabatlari asosida dunyodagi eng mehmondo‘st 5ta davlat nomini e'lon qildi. 

Respondentlar o‘z mamlakati va sayohati davomida orttirilgan tajribadan kelib chiqib, Tayland eng mehmondo‘st davlat ekanini e'tirof etishgan. 

«Shuningdek, Indoneziya, Meksika, Tayvan va Hindiston dunyoning eng mehmondo‘st davlatlari ro‘yxatiga qo‘shilgan», —  deyiladi aniqlangan reytingda. 

Kompaniya platformasida taklif etiladigan 5,7 million joyni tahlil qilgan mutaxassislar mamlakatlarning mehmondo‘stligi sirlarini ochmoqchi bo‘lishgan.

Tayland

Foto: Booking.com

Respondentlar aynan shu davlatni ko‘proq tilga olgan va ijobiy xotiralari bilan o‘rtoqlashgan. Milliy madaniyat va diniy arxitekturaga boy mamlakatda tog‘li qabila vakillari hayoti bilan tanishish mumkin, qadimiy tilda so‘zlashib, eski udumlarni davom ettirayotgan kichik xalqlar yashaydi.

Indoneziya

Foto: Booking.com

Vulqonli tog‘lar peyzaji bilan chiroy ochib turgan orollar mamlakatida haqiqiy ekzotikani his etish mumkin. Nusa-Penidaga tashrif buyurgan sayyohlar yovvoyi sohilbo‘yi tabiatiga oshiq bo‘ladi, mahalliy aholi esa ularga dunyodagi eng a'lo sifatdagi xizmatni ko‘rsatadi. Changalzor oralab, Bukit-Lavang qishlog‘iga yetib borsangiz, tropik taomlardan tatib, mahalliy qavmning eng aziz mehmoni bo‘lishingiz mumkin.

Meksika

Foto: Booking.com

Zamonaviy mehmonxonalardan tortib eng tropik qo‘noqqacha topish mumkin bo‘lgan Meksikaning aholisi ham mehmondo‘stligi bilan ajralib turadi. Ularning oshxonasi va mashhur muzeylari alohida diqqatga sazovor bo‘ladi. Ispan, hindu va karib madaniyati uyg‘unligida shakllangan millat vakillari sayyohlarni sharqona sevadi.

Foto: Booking.com

Mavzuga oid