Sport | 09:06 / 24.06.2019
13654
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika Kubogi. Argentina Qatarni yengib, pley-offga chiqdi

Foto: Carl DE SOUZA / AFP

Amerika Kubogida guruh bosqichining 3-tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

V guruhida Kolumbiya kichik hisobda Paragvayni yengdi. Argentina Qatar ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Natijada, Kolumbiya 9 ochko bilan guruhda birinchi, Argentina 4 ochko bilan ikkinchi bo‘lib pley-offga chiqdi. Paragvay 2 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi va keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. Qatar 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qoldi.
Amerika Kubogi 
23 iyun

B guruhi
Qatar – Argentina 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 4 Martines, 0:2 – 82 Aguero. 
Qatar – Al-Sheb, Pedru Migel (Ismail, 85), Al-Ravi, Xuxi, Al-Xajri (Abdulsalam, 77), Salman, Xalid, Budiaf, Xatem, Ali, Afif.
Argentina – Armani, Saraviya, Foyt (Petsselya, 85), Otamendi, Talyafiko, de Paul, Paredes, Lo Chelso (Akunya, 55), Messi, Martines (Dibala, 76), Aguero.
Ogohlantirishlar: Lo Chelso (42), Foyt (44), Ali (51), Budiaf (75), Abdulsalam (89).

Kolumbiya – Paragvay 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 31 Kuelyar. 
Kolumbiya – Montero, Aryas, Sapata, Lukumi, Borxa, Lerma, Kuelyar, Kardona (Barrios, 85), Kuadrado (Xames, 58), Falkao (Sapata, 66), Dias.
Paragvay – Fernandes, Piris, Gomes, Alonso, Arsamendiya, Gonsales (Romero, 82), Sanches, Roxas (Iturbe, 63), Roxas (Dominges, 46), Almiron, Kardoso.
Ogohlantirishlar: Borxa (29), Lukumi (42), Arsamendiya (49).

Mavzuga oid