Jamiyat | 10:21 / 25.06.2019
16939
2 daqiqa o‘qiladi

TIV: Aris shahridagi harbiy qism hududidagi portlashlar natijasida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

Foto: Kazinform

Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris shahri harbiy qismi hududidagi portlashlar natijasida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjud emas. Bu haqda O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi ma'lumotiga asoslanib O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur ma'lumot Turkiston viloyati bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar departamenti tomonidan tasdiqlangan.

“Vaziyat bosh konsulxona nazoratiga olingan. Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasiga (tel.: +7-717-295-42-52) yoki Olmaota shahridagi bosh konsulxonasiga (tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi”, deyiladi xabarda.

24 iyunda 44,3 ming kishi yashaydigan Aris yaqinidagi harbiy qismda o‘q-dorilar portlashi yuz berdi. Voqea sababi va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Shahar aholisi evakuatsiya qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 70 dan ko‘proq kishi jarohat olgan, ulardan 15 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Portlashlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid