Toshkent hokimligi «DXM ruxsati bilan daraxt kesayotganlar» ushlangani haqida xabar tarqatdi. DXM ruxsatnoma hokimlik tomonidan berilishini eslatdi
![](https://storage.kun.uz/source/4/CBolHYPXW7fOp_iLR1NyKKPHOOZ0NORB.jpg)
Foto: Facebook
Toshkent shahri hokimligi shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 25 iyundan 26 iyunga o‘tar kechasidagi kuzatuv davomida Alisher Navoiy shoh ko‘chasidagi «Turkiston» san'at saroyining old tomonida daraxtlar kesilayotgani ustidan chiqqani haqida «Daraxtlarni kesishga kim ruxsat berdi» sarlavhasi ostida xabar tarqatdi.
«Shahar hokimining kun tartibi tig‘iz. Shunga qaramay hokim har kuni kechki payt Toshkentni aylanib, poytaxt hayoti, muhitini o‘rganadi, kuzatadi.
25 iyundan 26 iyunga o‘tar kechasidagi kuzatuv davomida Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan o‘tar ekan, «Turkiston» san'at saroyining old tomonida daraxtlar kesilayotganiga guvoh bo‘ldi.
Hokim ushbu noqonuniy harakat bo‘yicha izoh so‘raganida, «tabiat kushandalari» diametri 70-80 santimetr bo‘lgan 20ta daraxtni kesish uchun «Yagona oyna» davlat xizmatlari markazidan 61 ming so‘m evaziga ruxsat olishganini ma'lum qilishdi. Voqea joyiga tezlik bilan Yunusobod tuman hokimligi, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, IIBB va prokuratura mutasaddilari chaqirildi.
Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushbu noqonuniy harakatga aloqador guruh qo‘lga olingan. Prokuratura nazoratida sog‘lom daraxtlarni kesish bo‘yicha aniqlangan holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalari haqida qo‘shimcha ma'lumot beramiz», deyilgandi xabarda.
Davlat xizmatlari agentligi bu xabarga raddiya berdi. «Noqonuniy daraxt kesuvchilar ham shahar hokimligiga qarashli idora...mi?» sarlavhali raddiyada shahar hokimligi matbuot xizmatini xato ma'lumotlar tarqatishda ayblagan.
Raddiyada alohida qayd etilishicha, daraxt kesishga ruxsat beruvchi vakolatli organlar tuman (shahar) hokimliklari va hududiy ekologiya organlari hisoblanadi. Qolaversa, hokimlik matbuot xizmatida tilga olingan «Yagona oyna» nomli tashkilot mavjud emas.
«Davlat xizmatlari agentligi amaldagi qonunchilikka muvofiq yuzaga kelgan vaziyatga aniqlik kiritadi:
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentiga asosan ruxsatnoma berish jarayonini amalga oshirishda hududiy ekologiya organlari o‘z xulosalarini tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yuborishi hamda tumanlar (shaharlar) hokimliklari hududiy ekologiya organlarining xulosalariga asosan ruxsatnomalar berishi lozim.
Ushbu ma'muriy reglamentga asosan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ruxsatnoma olmasdan kesish taqiqlanadi.
Haqiqiy holat quyidagicha:
Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli Irrigatsiya xo‘jaligini va ko‘kalamzorlashtirish obektlarini ta'mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi tomonidan 2019 yil 29 mayda Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi orqali berilgan 9761057-sonli arizaga asosan Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi tomonidan 2019 yil 4 iyunda davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish yuzasidan 884-sonli xulosa berilgan.
Biroq, Irrigatsiya xo‘jaligini va ko‘kalamzorlashtirish obektlarini ta'mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi tomonidan Yunusobod tuman hokimligining davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnomasi olinmagan.
Toshkent shahar hokimligi telegram-kanalida aytib o‘tilgan va qoidabuzarlar taqdim etgan qog‘oz parchasi, aslida daraxt kesishga ruxsatnoma emas, balki DXMga ariza topshirilgani to‘g‘risidagi ma'lumot edi.
Ushbu davlat xizmatini ko‘rsatishda vakolatli organlar tuman (shahar) hokimliklari va hududiy ekologiya organlari hisoblanadi.
Qolaversa, ushbu davlat xizmatini ko‘rsatish uchun undirilgan eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdoridagi yig‘imning (o‘sha «61 000 so‘m») asosiy qismi tuman (shahar) hokimliklari va hududiy ekologiya organlari hisob raqamlariga undirilgan.
Xulosa o‘rnida, matbuot xizmatlaridan turli xil ma'lumotlarni omma e'tiboriga yetkazishdan oldin to‘liq tahlil qilishni va masalani to‘liq ochib berishni so‘ragan bo‘lar edik», deyiladi raddiyada.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda iqtisodiy qutblanish kengayib boryapti. Nega?
Iqtisodiyot | 12:05 / 16.02.2025
G‘azoni yegani bo‘rilar keldi. Musulmon dunyosi qani?
Jahon | 17:47 / 15.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 22:38 / 14.02.2025
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Qat’iy belgilangan AOS korrupsiyaning oyog‘iga bolta urgandi, endi uni bekor qilishmoqchi» – soliq maslahatchisi
Iqtisodiyot | 18:54
-
Ilon Maskning DOGE rahbari lavozimidagi faoliyati sabab Tesla’ga qarshi boykot boshlandi
Jahon | 18:39
-
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Misrdan ekstraditsiya qilindi
O‘zbekiston | 18:23
-
O‘zbekiston va Kuvayt hamkorligi bo‘yicha 9 ta hujjat imzolandi
O‘zbekiston | 18:18
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/Vu6qpurglVFB0AvKEZ50GcdZ8uoW1l1W_medium.jpg)
17:42 / 04.12.2024
«Paxtakor» budjeti 100 milliarddan oshadi». Ortiqxo‘jayev qoniqarsiz natija, yangi murabbiy, Cheran va rejalar haqida
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/AVzjDIULhQiAGquZuE153IvTFXzFi4fi_medium.jpg)
12:00 / 04.12.2024
«Paxtakor» portugaliyalik yangi bosh murabbiyini tanishtirdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/fphTKz4UzkBxtjpogaUPBfccxPx_oSQO_medium.jpg)
20:36 / 02.03.2024
«Pulni o‘zi sizni quvsin». Jahongir Ortiqxo‘jayev Superliga startidan oldin «Paxtakor» jamoasi bilan uchrashdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/pfBzbAdx5d7_L4boD_LLLfcsa7hMwh3V_medium.jpg)
17:29 / 08.02.2024