Jahon | 13:13 / 27.06.2019
19522
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston parlamenti sobiq prezident Atamboyevni daxlsizlik huquqidan mahrum qildi

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘iziston parlamenti sobiq prezident Atamboyevni daxlsizlik huquqidan mahrum qildi, bu boradagi tegishli qaror qonunchilik yig‘ilishi majlisida qabul qilindi.

Atamboyevni sobiq prezident maqomidan mahrum qilish uchun 110 deputatdan 103 nafari ovoz berdi. Ushbu maqomni yo‘qotgan Atamboyev daxlsizlik huquqidan ham mahrum bo‘ldi.

Avvalroq Qirg‘iziston bosh prokuraturasi parlament deputatlarining sobiq prezident Almazbek Atamboyevning daxlsizlik huquqini bekor qilish taklifini ma'qullagandi.

Respublika bosh prokurori O‘tkurbek Jamshitovning ma'lum qilishicha, Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Issiqko‘l va Chuy viloyatlarida yerlarning noqonuniy o‘zlashtirilishi, daromadlarni yashirish, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishida aybdor bo‘lishi mumkin deb hisoblanmoqda.

Agarda Atamboyevga qo‘yilayotgan ayblovlar tasdiqlansa, unga bir umrlik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Mavzuga oid