Light | 10:50 / 28.06.2019
29369
4 daqiqa o‘qiladi

Hech narsa qilmay turib ham ozish mumkinmi?

Ozish vazni 80 kilogrammdan ortiq kishilar uchungina dolzarb emas. Ko‘pincha muammo kichik narsalarda bo‘ladi: 1-2 o‘lchamga kichikroq bo‘lgan kiyimga sig‘a olish. Ortiqcha qiyinchiliklar, qat'iy parhez va holdan toydiruvchi mashqlarsiz ham ozish usullari mavjud.

Foto: Pexels

1. Shubhali mahsulotlarni xarid qilmang

Marketing – tovarlarni harakatga solish uchun odamlarni boshqaradigan fan. Hatto o‘ramda «shakarsiz» deb yozilgan bo‘lsa ham ishonmang.

2. Ochlikni his qilganingizdagina ovqatlaning

Serial tomosha qilganda yeyilgan navbatdagi chips yoki pista – avtomat tarzda olingan qo‘shimcha kaloriyalar. Biror nimani og‘zingizga yuborishdan avval o‘z-o‘zingizga: men haqiqatan ham ochmanmi? degan savol bilan murojaat qiling. Agar javob «yo‘q» bo‘lsa, ortiqcha yegulikni bir chetga surib qo‘ying.

3. Kuchsizlikka berilgan

Gap parhezni buzish haqida emas. Undan keyingi harakatlar haqida. Hatto biror mazali va zararli narsani ataylab yemagan bo‘lsangiz ham «bugun parhezni buzdim, uni ertaga davom ettiraman» tamoyili asosida davom ettirmang. Bugun iste'mol qilingan narsalarni jismoniy mashqlar bilan sarflashga to‘g‘ri keladi. Sarflamasangiz –u to‘planadi va parhezingizni uzaytiradi.

4. Ovqatni chaynang

Kun davomida umuman ovqat yemagan bo‘lsangiz ham uni yaxshilab chaynang. Maydalangan yegulik yaxshi hazm bo‘ladi va ko‘proq foydali elementlarni beradi. Shu tariqa, tezroq to‘yasiz va ortiqcha yeb yubormaysiz.

Kun tartibiga o‘zgartirishlar kiriting

1. Piyoda yuring

Ish yoki o‘qishdan keyin uygacha piyoda yurib boring. Ochiq havodagi sayrlar sizni sog‘lomlashtiradi va fikrlarni tartibga solishda yordam beradi. Hatto qish faslida ham bir necha bekatni piyoda bosib o‘tishni odatga aylantiring. Usul samarali emasdek tuyuladi, biroq bunday emas.

2. Yarim tunga qadar uxlashga yoting

To‘yib uxlamaslik va zo‘riqish vaznning ortishiga olib keladi. Bu isbotlangan fakt. Biroq bu kunni noto‘g‘ri rejalashtirishning yagona salbiy jihati emas. Tunda organizm ko‘proq ovqat talab qiladi.

Ongingizni boshqaring

1. Stoldagi qolgan ovqatlarni yemang

Bu albatta chiroyli emas. Biroq qo‘shimcha yegulik yeyish holatida juda samarali.

2. Vazningizni har kuni o‘lchang

Tarozidagi o‘sib boruvchi raqamlardan boshqa hech narsa bunchalik rag‘bat bermaydi. Ozishni boshlaganingizda kundalik vazn o‘lchash eng samarali usullarni aniqlashda yordam beradi.

3. O‘lchami kichikroq bo‘lgan kiyimlarni xarid qiling

Qizg‘anchiqligingizdan unumli foydalaning: agar ozmasangiz, kiyimga sig‘masangiz, pulni bekorga sarflagan bo‘lasiz. Albatta, xaridlar javonda qolishi ehtimoli katta. Biroq hech bo‘lmaganda ana shu usulni sinab ko‘ring. Katta orzular yo‘lida har qanday vositalar yaxshi.

Mavzuga oid