O‘zbekistonda yil boshidan buyon birinchi marta deflyatsiya qayd etildi
2019 yilning iyun oyida iste'mol bozorida umumiy narxlar darajasining pasayishi kuzatilib, oy davomidagi deflyatsiya ko‘rsatkichi 0,5%ni tashkil qildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti.
Umumiy hisobda, 2019 yilning yanvar-iyun oylari davomida iste'mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 5,6%ga qimmatlashdi. 2018 yilning iyun oyiga nisbatan respublika iste'mol sektoridagi o‘rtacha narxlar 13,6%ga oshdi
Yirik guruhlar bo‘yicha narx o‘zgarishlariga nisbatan, 2019 yilning iyun oyi natijalariga ko‘ra tovarlar 0,8%ga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,8%ga pasaydi. Nooziq-ovqat mahsulotlari oy davomida 0,6%, xizmatlar esa 0,7%ga qimmatlashdi.
Umumiy hisobda, 2019 yilning yanvar-iyun oylari davomida oziq-ovqat mahsulotlari 5,9%, nooziq-ovqat mahsulotlari 5,2%, xizmatlar 5,3%ga qimmatlashdi.
Yil davomida (2019 yil iyun oyi 2018 yilning iyun oyiga nisbatan) oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 16,3%, nooziq-ovqat mahsulotlari 10,9%, xizmatlar 12,9%ga ko‘tarildi.
Oziq-ovqat mahsulotlaridan narxlarning o‘sishi borasidagi yetakchilik joriy oy davomida alkogolsiz ichimliklar va go‘sht mahsulotlari (narxlar mos ravishda 1,4% va 0,8%), shuningdek spirtli ichimliklar va umumiy ovqatlanish (0,7%) guruhiga tegishli bo‘ldi.
Oy davomida ko‘proq darajada pomidor (57,2%) va bodring (52,1%) mahsulotlari narxlari pasaydi. Keyingi o‘rinlarda karam (36,3%ga), tarvuz (22,1%ga) va qovun (10,7%ga) qayd etilgan. Shu bilan bir qatorda, piyoz (31,1%ga), sitrus mevalar (1,4%ga), lavlagi (0,1%ga) narxlarining o‘sishi kuzatildi.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024