Kim Chen Inning limuzini atrofida nima uchun tansoqchilar yugurib yurishi ma'lum bo‘ldi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning mashinasini tansoqchilar o‘rab olishiga sabab u bolaligida Klint Istvud ishtirokidagi filmda xuddi shu usulni ko‘rgan. Bu haqda Insider jurnali xabar berdi.
Jurnalistlar bu ma'lumotni Washington Post muxbiri Anny Fifildning «Buyuk voris: ajoyib o‘rtoq Kim Chen Inning ideal taqdiri» nomli kitobidan olishdi. Kitobda tansoqchilar qanday tanlab olinishi haqida hikoya qilinadi.
Nomzodlar salomatligi, ruhiy holati va hatto tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ham talabga mos kelishi kerak – asosan bo‘yi davlat rahbariniki bilan teng bo‘lganlar olinadi.
Tansoqchilar taekvondo, suzish, jang taktikasini o‘rganishadi. Bundan tashqari, ular turli qurollardan foydalanishni ham o‘rganishadi.
Ular Kimning limuzinini kuzatib borish uchun yugurish bilan ko‘p shug‘ullanishadi. Bunday qo‘riqlash haqidagi g‘oya unga bolaligida ko‘rgan «Yong‘in chizig‘i» filmidan kelgan. Filmda bosh rolni – AQSh prezidenti Jon Kennedining maxfiy xizmati xodimi rolini aktyor Klint Istvud o‘ynagan.
Nashrning yozishicha, KXDR rahbarining shaxsiy xavfsizligi bilan 100 mingga yaqin kishi shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
11:50 / 01.12.2024
Belousov Kim bilan uchrashib, 9 may paradiga taklif qildi
16:34 / 30.11.2024
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi
10:33 / 27.11.2024
Reuters: Tramp jamoasi Kim Chen In bilan muzokaralarni muhokama qilmoqda
19:37 / 18.11.2024