Jahon | 02:36 / 03.07.2019
13584
2 daqiqa o‘qiladi

Nike AQSh mustaqillik kuniga bag‘ishlab chiqarilgan krossovkalarni savdodan oldi: tanqidchilarga ular qullik davrini eslatgan

Nike AQSh mustaqilligi kuniga bag‘ishlab ishlab chiqarilgan, mamlakat bayrog‘i aks ettirilgan krossovkalar savdosini to‘xtatgan. Poayfzal Amerika bayrog‘ining eng dastlabki varinatlaridan biri — 13 iyulduzli «Betsi Ross» bayrog‘i uchun tanqid ostida qolgan, deb yozadi The New York Times.

Krossovka tanqidchilarining so‘zlariga ko‘raganda, 1770-yillarda tavsiya etilgan «Betsi Ross bayrog‘i» quldorlik davrini yodga soladi, deb yozadi The Wall Street Journal. Bu bayroq ayni damda ultra o‘ng guruhlar bilan assotsiatsiya qilinadi. Poyafzal dizayni tanqidchilari ichida amerikacha futbol o‘yinchisi Kolin Kapernik ham bor. U irqchilikka qarshi norozilik sifatida 2016 yilda AQSh madhiyasi ijro etilayotganida namoyishkorona o‘rnidan turmasdan, keyinchalik Nike brendining yuziga aylangan edi.

26 iyun kuni Nike yaponiyalik dizayner Yuna Takaxasidan sport poyafzallari sotuvini bekor qilgan edi — dizaynerning Undercover studiyasi Instagram sahifasida Hongkongda bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishlarini qo‘llovchi post paydo bo‘lgan. OAVlar bu Nike’ning Xitoy bozorini yo‘qotib qo‘yishdan cho‘chishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini qayd etishgan edi.

Mavzuga oid