Qirg‘iziston sobiq birinchi xonimiga qarshi ko‘rsatma berildi: u reyderlikni himoya qilishda ayblandi
Qirg‘iziston davlat rahbari apparatining sud islohoti va qonun ustuvorligi bo‘limi sobiq rahbari Manas Araboyev Almazbek Atamboyevning rafiqasi Raisa Atamboyevaga qarshi ko‘rsatma berdi. Bu haqda 24.kg xabar qilmoqda.
Manas Araboyevning so‘zlariga ko‘ra, Raisa Atamboyeva «Sinxua» xalqaro tog‘-kon tashkilotiga qarashli bo‘lgan BLS qurilish kompaniyasi ishi bo‘yicha sud jarayoniga aralashgan.
«2016 yilda BLS kompaniyasi ishini ko‘rib chiqishda Raisa Atamboyeva bir necha bor uchrashuv haqida so‘radi. Unda boshqa shaxslar, shuningdek, uning o‘g‘li Rais ham ishtirok etdi. Ular shahar sudida ko‘rib chiqilayotgan ishni hal qilishda ko‘mak ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilishdi. Atamboyev bir necha marta xabarlar yozgan, buni uning telefon raqamidan amalga oshirilgan suhbatlarni tekshirish orqali bilib olish mumkin. Har bir uchrashuvga ko‘plab xabarlar hamrohlik qilgan, unda u qat'iy tarzda uchrashuv haqida so‘ragan», - deydi u.
Manas Araboyevning so‘zlariga ko‘ra, Raisa Atamboyeva Bishkekning Sverdlovsk tuman sudi sobiq raisi Elvira Jarkeyevani qo‘llab-quvvatlab chiqqan. Unga tegmaslikni so‘ragan. Uning nomidan Bektursun Aytaliyev BLS qurilish kompaniyasi ishi bo‘yicha uchrashuvlarga kelgan.
«U uchrashuvlarning birida ochiqdan-ochiq menga tahdid qildi», - deya aytib o‘tdi Manas Araboyev.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Bektursun Aytaliyev Raisa Atamboyeva qarindoshlarining qudasidir.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024