O‘zbekiston | 00:22 / 04.07.2019
30617
2 daqiqa o‘qiladi

Surayyo Rahmonova Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida faoliyat olib borishi ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati sobiq rahbari Surayyo Rahmonova Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangan. Bu haqda Kun.uz’ga agentlik matbuot kotibi Hikmatilla Ubaydullayev ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 iyul kuni Surayyo Rahmonova O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati rahbari lavozimini tark etgani xabar qilingandi. 

Surayyo Rahmonova sobiq bosh prokuror Otabek Murodov davrida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari sifatida prokuratura organlarining shaffofligi va ochiqligiga, ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan muloqotiga sezilarli hissa qo‘shdi. U matbuot xizmati rahbari sifatida prokuratura faoliyati bilan bog‘liq har bir voqeaga tezkorlik bilan munosabat bildira olishi bilan boshqa ayrim davlat idoralari matbuot xizmatlari vakillaridan ajralib turdi.

Mavzuga oid