Jahon | 21:43 / 09.07.2019
47268
1 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev Qirg‘izistonning sobiq prezidenti maqomidan mahrum etildi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev daxlsizlik bilan birga mamlakatning sobiq prezidenti maqomidan mahrum etildi.

Qirg‘iziston parlamenti saytida 9 iyulda tegishli qaror e'lon qilingan. Unda Atamboyevni sobiq prezident maqomidan mahrum qilishga boshqa bir qaror – Atamboyevga qarshi ayblovlar bildirilishi haqidagi qaror hamda bosh prokurorning sobiq prezident xatti-harakatlarida u tomonidan davlat rahbari vakolatlari bajarilganda jinoyat alomatlari bo‘lgani haqidagi xulosasi asos bo‘lgani aytilgan.

Atamboyev Qirg‘iziston prezidenti lavozimini 2011 yil 1 dekabrdan 2017 yil 24 noyabrgacha egallagan. 

Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti Atamboyevni daxlsizlikdan mahrum qilgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid