Jahon | 23:40 / 09.07.2019
35553
1 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili keksa ayolni urib qo‘lini sindirdi 

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Odessada keksa ayolni urib, uning qo‘lini sindirdi. Voqea 9 iyulda shahar meri Gennadiy Truxanov ishi ko‘rilgan sud binosi yonida yuz bergan.

Mer “Krayan” zavodi binosini noqonuniy sotib olishda ayblangan. Keyinroq shahar rahbariyati bu binoda o‘z departamentlarini joylashtirgan. Sud Truxanovni oqlagan va ishning barcha ishtirokchilari mulkidan taqiqlovni bekor qilgan.

Saakashvili va uning tarafdorlari sud binosini piket qilishga kelishgan. Natijada ur-to‘polon chiqqan. Siyosatchi sud zaliga kirishga uringanda yo‘lida uchragan bir ayolni urgan.

Ayol yiqilib tushgan. U shifoxonaga yetkazilgan va shifokorlar uning qo‘li singanini qayd qilishgan.

Mavzuga oid