Mahalliy kengashlar deputatlari uchun qo‘llanma ishlab chiqildi
Adliya vazirligi mahalliy kengashlar deputatlari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqdi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.
Bildirilishicha, joriy yil so‘ngida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda mahalliy kengashlarga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Bugungi kunda deputatlar ishini samarali tashkil etish, mahalliy kengashlar faoliyatini jonlantirish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib turgani aytiladi.
Hozirda deputatlarning asosiy vazifasi o‘z-o‘zini tashkillashtirish va boshqarish emas, fuqarolarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning joylarda amalga oshirilishini ta'minlashdan iborat bo‘lib qolmoqda.
“Deputatlarimiz faoliyatidan xalq va Prezident rozi bo‘lishi lozimligi, endilikda ulardan faollashuv va dadillik talab qilinayotgani sir emas.
Davlatimiz rahbari 2018 yil yakunlariga bag‘ishlab Parlamentga qilgan murojaatida vakillik organlari faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, ushbu organlar ishiga doir qator tanqidiy fikrlarni bildirdi.
“Hisobotlarga e'tibor bersak, mahalliy Kengashlar faoliyatida go‘yoki ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgandek tuyuladi, lekin ular faqat raqamlarda aks etmoqda, xolos. Bizga raqamlar emas, aniq natija kerak.”
Yuqoridagilarni e'tiborga olib Adliya vazirligi tomonidan “Mahalliy kengashlar deputatlari uchun amaliy qo‘llanma” ishlab chiqildi va chop etildi”, - deyiladi xabarda.
Qo‘llanmada deputatlikning huquqiy asoslari, Kengashlar faoliyatning reglamentlari, shuningdek, mavjud huquq va imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar o‘rin olgan.
Shuningdek, mavjud muammolar qayd etilib, ularni bartaraf etish uchun amaliy takliflar ham bayon qilingan.
Mavzuga oid
17:50 / 19.12.2024
Abxaziya parlamenti oldida otishma yuz berdi. Bir deputat halok bo‘ldi
11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati
12:34 / 26.07.2024