O‘zbekiston | 10:42 / 13.07.2019
20819
2 daqiqa o‘qiladi

Mo‘ynoq tumanidagi ko‘lda yana yong‘in sodir bo‘ldi

2019 yilning 12 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida joylashgan “Mo‘ynoq akva sanoat” DUKga qarashli ko‘ldagi qamishzor yongan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar bermoqda.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Yong‘inni bartaraf etishga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Ko‘rilgan harakatlar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Yong‘in oqibatida 2-3 gektar ochiq maydonda qamishlar yongan. Yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

“Aziz hamyurtlar! Quruq o‘tlar bilan bog‘liq yong‘inlar katta miqdorda moddiy zarar yetkazmaydigandek tuyulsa-da, lekin atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadi, shular bilan bir qatorda ushbu yong‘inlar, yashash uylari yoki boshqa bino va inshootlarga o‘tib ketishi bilan xavfli hisoblanadi. 

Harakatlanib ketayotgan avtomobillardan ba'zi bir kishilarning sigaret qoldig‘ini o‘chirmasdan tashlab yuborishi oqibatida yo‘l chetidagi quruq o‘t, xashaklar alangalanib, shamoldan olov kuchayib keng maydonlarga tarqalib ketishi katta talafotlarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida unutmang”, - deyiladi YoXBB xabarida.

Bundan oldin, Mo‘ynoq tumanining Sudoche ko‘li hududidagi qurigan qamishzorlarda yong‘in kelib chiqqani xabar qilingan

Mavzuga oid