Fan-texnika | 09:17 / 15.07.2019
8819
2 daqiqa o‘qiladi

Set Godin: Siz qaysi o‘yinni o‘ynaysiz?

Mashhur marketolog muvaffaqiyat siz ishlaydigan sohani tanlashga bog‘liq ekanini tushuntiradi.

Foto: TED

Ko‘pchilik muvaffaqiyatga erishishga harakat qiladi.

O‘rinli savol: «Qaysi sohada?»

Agar mahalliy bouling ligasida g‘olib bo‘lishga harakat qilsangiz, bu jarayon sizni butunlay o‘ziga jalb etadi va siz faqat muvaffaqiyatingiz va raqobatchilar haqida o‘ylashni boshlaysiz.

Agar sizning o‘yiningiz – siz yozayotgan she'rlar, maqsadingiz – nashriyotchi, muharrir ko‘zi uchun emas, o‘zingiz uchun keyingi qatorni g‘oliblik bilan bitish bo‘lsa, aynan shu soha sizning asosiy ishingizga aylanishi mumkin.

Agar maqsadingiz – Vodiydagi yuqori baho bilan ko‘proq pul jalb etish bo‘lsa, demak siz o‘ynayotgan o‘yin ana shunday.

Ko‘pincha biz g‘oliblikka erisholmaydigan o‘yinlarni o‘ynashni boshlaymiz. Qaysidir ma'noda bu sizga o‘sha sohada muvaffaqiyatga erisholmaslikka sabab bo‘ladi.

Ba'zida esa biz boshqalar mag‘lub bo‘lmaguniga qadar g‘olib bo‘linmaydigan o‘yinlarni tanlaymiz. Bunday o‘yinlar ko‘pincha uzoq muddatli zaharli oqibatlarga ega bo‘ladi.

Ayrim hollarda o‘zingiz o‘ynayotgan o‘yinni o‘zgartirishni istaysiz. Chunki natija sizga yoqmaydi. Biroq ko‘rib turganingizdek, o‘yinni o‘zgartirish samarali emas. Boshidanoq o‘yinni to‘g‘ri tanlash ancha muhim.

Mavzuga oid