Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa tayinlash tartibiga o‘zgartirish kiritildi
Hukumatning Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, 8-10 ta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga 1 xodim hisobidan tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining malakali mutaxassislari biriktiriladi.
Ilgari tuman moliya organlari mutaxassislaridan xodim biriktirilgan.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining yashash joyi (doimiy yoki asosan yashab turgan joyi) bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan tayinlanadi.
Ilgari faqat doimiy yashash joyi (doimiy propiska) bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan tayinlangan.
Nafaqa va moddiy yordam tayinlash uchun o‘rtacha oylik jami daromadni hisoblab chiqishda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida mikrokredit olinganidan oxirgi 12 oyda oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirishda olingan daromadlar oilaning jami daromadiga kiritilmaydi.
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024