Poytaxtda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar 70 nafar shaxsga nisbatan oqlov qarorlari chiqardi
2019 yilning birinchi yarmi davomida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati yakunlari yuzasidan Toshkent shahar sudlari raislarining brifingi bo‘lib o‘tmoqda.
Kun.uz muxbiri xabar berishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2019 yilning 1-yarmida 3.224 (4.344) nafar shaxsga nisbatan 2.512 ta (3.398) jinoyat ishlari ko‘rib tamomlangan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘rib tamomlangan ishlar soni 886 taga (26,1%), javobgarlikka tortilgan shaxslar soni esa 1.120 nafarga (25,7%) kamayganligini ko‘rsatadi.
Sudlarda ko‘rib tamomlangan ishlarning 1.010 tasi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 943 tasi uncha og‘ir bo‘lmagan, 1.024 tasi og‘ir va 247 tasi o‘ta og‘ir toifadagi jinoyatlarni tashkil etgan.
Ko‘rib tamomlangan 2.055 (2.664) ta ish bo‘yicha 2.736 (3.549) nafar shaxsga nisbatan hukm chiqarilgan, 479 (777) nafar shaxsga nisbatan 450 (717) ta ishlar tugatilgan, shundan 434 (607) nafar shaxsga nisbatan 420 (584) ta ish taraflarning yarashganligi munosabati bilan tugatilgan, 70 nafar shaxsga nisbatan oqlov qarorlari chiqarilgan.
Jami sudlangan shaxslarning 480 (18,2%) nafariga jarima, 3 (0,1%) nafariga muayyan huquqdan mahrum qilish, 599 (22,7%) nafariga axloq tuzatish ishlari, 541 (20,5%) nafariga ozodlikni cheklash, 852 (32,2%) nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 25 (0,9%) nafariga majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlangan bo‘lsa, 138 (5,2%) nafar shaxs shartli hukm qilingan.
Jinoyat oqibatida yetkazilgan 47,9 mlrd. so‘mdan ortiq moddiy zararning o‘rnini qoplagan 250 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
Mavzuga oid
16:19 / 24.12.2024
Tanqiddan so‘ng: 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
15:29 / 11.12.2024