Sport | 08:50 / 18.07.2019
7772
1 daqiqa o‘qiladi

Afrika millatlar kubogida bronza medali egasi aniqlandi

Misrda yakunlanib borayotgan Afrika millatlar kubogida 3-o‘rin sohibi aniqlandi.

Qohiradagi «Al-Salom» stadionida Nigeriya milliy jamoasi Tunis termasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yinning 3-daqiqasida Odion Igalo tomonidan urilgan gol nigeriyaliklarga g‘alaba keltirdi.

Ertaga, Toshkent vaqti bilan jumadan shanbaga o‘tar kechasi soat 00:00da Senegal va Jazoir milliy jamoalari bosh sovrin uchun maydonga tushadi.

Afrika millatlari kubogi
3-o‘rin uchun o‘yin
Tunis – Nigeriya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 3 Igalo.
Tunis – Ben-Shrifiya, Merya, Haddodi, Xnid (Bedui, 67), Dreger, Sassi, Skiri, Badri (Sliti, 58), Shalali, Xazri, Xenissi (Shauat, 44).
Nigeriya – Uzoxo, Kollinz, Ayna, Omeruo, Trost-Ekong, Ivobi, Etebo, Ndidi, Chukvueze (Kalu, 90), Musa (Saymon, 75), Igalo (Osimxen, 46).
Ogohlantirishlar: Ndidi (18), Shalali (61), Bedui (90).

Mavzuga oid